Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Oktyabr 2024

24-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

245 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 79,6 mlrd so'm bo'lgan 342 ta lot 103 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari: 

  • soni 1 ta 
  • boshlang'ich narxi 312 mln so‘m
  • sotilgan narxi 343 mln so‘m 
  • Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani joylashgan boshlang'ich narxi 312 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan noturar bino 343 mln so‘mga sotildi. 

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 6 ta 
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m 
  • Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan ATB "Biznesni rivojlantirish banki" balansidagi savdo do'koni 1,4 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 22 ta 
  • boshlang'ich narxi 208,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 523 mln so‘m 
  • Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 6,4 mln so‘m bo‘lgan umumiy o'rta ta'lim maktabi balansidagi oshxona 106,3 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 178 ta 
  • boshlang'ich narxi 65,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 87,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 401 ga
  • Toshkent shahar Yangi Toshkent hududidan boshlang‘ich narxi 13,5 mlrd so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlari faoliyati bilan shug'ullanish uchun 2,7 gektar yеr uchastkasi 25,7 mlrd so‘mga sotildi. 
  • Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang‘ich narxi 182,4 mln so‘m bo‘lgan ofis binolari qurish uchun 1,3 sotix yеr uchastkasi 401,4 mln so‘mga sotildi. 

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 59 ta 
  • boshlang'ich narxi 6,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,6 mlrd so‘m 
  • Toshkent shahar Yangihayot tumanida boshlang'ich narxi 300 mln so‘m bo'lgan ko'p qavatli uydagi xonadon 585 mln so‘mga sotildi.

O'tkazilgan savdolarda 1 262 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,8 trln so'm bo'lgan 145 770 ta lot savdoga qo'yilgan.

3024 Chop etish