Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Oktyabr 2024

30-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

498 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 23,8 mlrd so'm bo'lgan 213 ta lot 33,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 8 ta 
  • boshlang'ich narxi 31,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 96,5 mln so‘m
  • Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 20,6 mln so‘m bo‘lgan "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK balansidagi bino qismini 70 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 184 ta 
  • boshlang'ich narxi 20,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 31,4 ga 
  • Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang‘ich narxi 8,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar joylar qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 12,9 mlrd so‘mga sotildi. 
  • Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang‘ich narxi 186,4 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafe va savdo uylari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 540,7 mln so‘mga sotildi.

O'tkazilgan savdolarda 499 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 16,9 trln so'm bo'lgan 146 772 ta lot savdoga qo'yilgan.

2178 Chop etish