Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Yanvar 2023

9-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 295 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 26,1 mlrd so‘mlik 809 ta mulk 43,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 20 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 18,1 mlrd so‘m
  • ”Namangan agrokimyohimoya” AJga qarashli boshlang’ich narxi 832 mln so‘m bo‘lgan Uchqo'rg'on Qo'g'ay 3-sonli shoxobcha 874 mln so‘mga sotildi.
  • Angren shahar hokimligi balansidagi boshlang’ich narxi 362 mln so‘m bo‘lgan yarim yerto‘la binosi uchun 470,5 mln so‘m taklif berildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 78 ta
  • Boshlang‘ich narxi 727 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Nukus shahridagi yillik ijara stavkasi 6,3 mln so‘m bo‘lgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bo’sh turgan oshxonasi 391,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 171 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 7,06 ga
  • Samarqand viloyatidagi narxi 10 mln so‘m bo‘lgan 0,20 gektar oromgoh, motel, turizm komplekslari qurish uchun yer uchastkasi 351,9 mln so‘mga ijara huquqida sotildi.
  • Qarshi tumanidan narxi 8,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 9 sotix yer uchastkasi 211,4 mln so‘mga ijara huquqida sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 35 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,4 mlrd so‘m

O‘tkazilgan savdolarda 3 357 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 7,6 trln so‘m bo‘lgan 107 868 ta lot savdoga qo‘yilgan.

3190 Chop etish